Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 28.09.2022 yilda “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 540-son qarori qabul qilindi
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 28.09.2022 yilda “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 540-son qarori qabul qilindi
Mazkur Qarorga muvofiq, tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2023 yil 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.
- Tug‘ilganlik holati FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
-Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.
Huquqiy eksperiment 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 iyulgacha amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik ma’muriy reglament tasdiqlandi.
- Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov