Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Maxkamasining 27.09.2022 yildagi 526-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari to‘g‘risida”gi nizomlar tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 27.09.2022 yildagi 526-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

 

Ko‘krak nishonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:

- “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan:

– veterinariya sohasini rivojlantirish, sohada nazoratni kuchaytirish va xizmatlar sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar;

- “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan – chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan shaxslar.

 

- Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1 iyulgacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga beriladi.

- Qo‘mita raisi tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishilik komissiyalar tuziladi.

- Komissiyalar nomzodlar bo‘yicha takliflarni o‘rganib 1 avgustgacha yakuniy xulosalarni qabul qiladi.

-Xulosalar asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

- Ko‘krak nishonlari har yili 1 sentabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topshiriladi.

-Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti va esdalik sovg‘alar beriladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                              A.Xamdamov