Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 23.09.2022 yilda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-son qaror qa


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 23.09.2022 yilda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-son qaror qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha:

-2,967 ta ko‘p kvartirali uylar;

-299 ta gaz taqsimlash punktlari;

-1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;

2,420 ta ijtimoiy soha ob’ektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat ob’ektlari, 11 ta sport ob’ektlari mukammal) ta’mirlanadi;

-149 km gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;

-6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;

-1,680,000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha ob’ektlariga 518,000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi);

-443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                      G.Roxmonqulov