Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.09.2022 yilda “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–377-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.09.2022 yilda “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–377-son qarori qabul qilindi
Mazkur Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.
- Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.
- 2023 yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.
-2022 yil 1 noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.
- Qaror bilan 2021 yilda berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
-“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz to‘lovlarini har 6 oyda to‘lash sharti bilan 300 mlrd so‘mgacha budjet ssudasi ajratiladi.
Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Xamdamov