Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.09.2022 yilda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–376-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.09.2022 yilda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–376-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 oktabrdan:

-kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi;

-olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o‘rtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;

- “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;

-xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktabrgacha ozod etiladi.

- Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.

-Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                        G.Roxmonqulov