Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vazirlar Maxkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori bilan, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 20.09.2022 yildagi 515-son qarori bilan, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

 

- Nizom bilan budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilandi.

- Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming so‘m) miqdorda beriladi.

Shunga ko‘ra, yuridik shaxslarning nafaqa to‘lash majburiyati Jamg‘arma hisobidan to‘langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

- Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

- “Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Plastik karta bo‘lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                              A.Xamdamov