Янгиликлар
ISHBILARMONLIK MUHITINI, TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH AHOLI DAROMAD OSHISHINING OMILIDIR.
ISHBILARMONLIK MUHITINI, TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH AHOLI DAROMAD OSHISHINING OMILIDIR.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bu albatta tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Tadbirkorlikni yanada yahshilash maqsadida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, sohada ortiqcha ma’muriy tartib taomilarni qisqartirishga, tadbirkorlik subyektlariga qulay ishbilarmonlik hamda investitsiyaviy muhitni yaratishga qaratilgan huquqiy islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning
9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 244-sonli qarori ham tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
Qaroroga asosan davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini faqatgina, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatdan o’tkazish, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish, texnik jihatdan tartibga solish, ta’rif va nota’rif tartibga solish va boshqa vositalar orqali tartibga solish belgilandi.
Bu esa, tadbirkorlik faoliyatiga davlatning ortiqcha aralashuvini cheklashga qaratilgan.
Shuningdek, qarorga asosan normativ huquqiy yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga solish vositalari huquqiy oqibat keltirib chiqarmasligi belgilab o’tildi. Ushbu qoidaning amalga kiritilishi tadbirkorlik faoliyatini faqatgina belgilangan tartibda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solishga va shu orqali tadbirkorlik faoliyatining, ular erkinligining qonunchilik hujjatlari bilan kafolatlanishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qarorning 3-bandiga asosan 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektining ustav kapitalini kamaytish haqida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma xabardor qilish hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon berish, yangi import avtomobillarini faqatgina ishlab chiqaruvchi korxona dilerlari orqali amalga oshirish, elektr energiyasini shartnomada belgilanganidan ortiq iste’mol qilgan tadbikorlik subyektlariga elektr energiyasini yetkazib berishni to’xtatib qo’yish, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimi orqali soliq organlarida laohida hisobga qo’yish bekor qilinishi belgilab o’tildi.
Aynan qarorning 4-bandiga asosan mazkur qoida 2023-yilning 1-martidan boshlab bekor qilinishi, xususan soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvi hamda aoliq auditi bo’yicha qabul qilgan qarorlari yuzasidan to’g’ridan to’g’ri sudga shikoyat qilish huquqi berilishi belgilandi.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Turdaliyev