Янгиликлар
TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI SOHASIDAGI FAOLIYAT UCHUN LITSENZIYANI “LITSENZIYA” AXBOROT TIZIMI ORQALI OLISH MUMKIN
TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI SOHASIDAGI FAOLIYAT UCHUN LITSENZIYANI “LITSENZIYA” AXBOROT TIZIMI ORQALI OLISH MUMKIN
Endilikda “Litsenziya” axborot tizimi orqali Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziya olish mumkin.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi subyekt: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:
license.gov.uz – “Litsenziya” axborot tizimi;
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Xizmatdan yuridik shaxslar foydalanadi.
Arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im miqdori BHMning bir baravari (300 ming so'm)ni tashkil etadi.
Arizani ko'rib chiqish muddati – 10 ish kuni.
Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim bo'lgan hollarda 25 ish kunini tashkil etadi.
Litsenziyaning amal qilish muddati:
·teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko'rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 5 yil;
·ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko'rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – 15 yil;
·litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Parkent tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Tojiboyev
Diyorjon Pardaboy o’g’li