Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Masofadan turib ishlash tushunchasi


Masofadan turib ishlash tushunchasi

Yangi taxrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 452-moddasiga muvofiq masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish
beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida boʻlgan statsionar ish
joyidan, hududdan yoki obyektdan tashqarida bajarishdan iborat boʻlib,
bunda mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan
bogʻliq masalalar boʻyicha ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida hamkorlikni
amalga oshirish uchun axborot- telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu
jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish shart boʻladi.
Masofadan turib ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi
qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal
qilishi ushbu paragrafda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga
olingan holda tatbiq etiladi.

Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi
mumkin:

xodimni ishga qabul qilishda;

xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga
oʻtkazilgan taqdirda ish jarayonida.

Muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat
vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib
ishlash rejimiga oʻtkazilishi mehnat shartlarining oʻzgarishidir.

Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash
rejimiga oʻtkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi oʻzgarsa,
boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi.

 

Parkent tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuristkonsulti                                                                        M.M.Payziyev.