Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari


Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari

Fuqarolik kodeksining 11-moddasiga ko’ra Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:

huquqni tan olish;

huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;

shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;

burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

zararni to‘lash;

neustoyka undirish;

ma’naviy ziyonni qoplash;

huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;

davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.

Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i                  X.Bibayev