Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Fuqarolik sudlarida fuqarolik protsessual muomala layoqati


Fuqarolik sudlarida fuqarolik protsessual muomala layoqati

 

Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir.Voyaga yetmagan, yaʼni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo‘lgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.

Ota-onalardan aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shuningdek mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.

O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda muomalaga to‘la layoqatli deb eʼlon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda o‘z huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin.

O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov