Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Intizomiy jazo chorasini qo‘llash tartibi haqida


Intizomiy jazo chorasini qo‘llash tartibi haqida

Intizomiy jazolar xodimni unga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini nojo‘ya xatti-harakati tufayli bajarmasligi yoki tegishli tarzda bajarmasligi (ichki tartib qoidalari, mansab yo‘riqnomalari, nizomlar, ish beruvchining qonuniy buyruqlari, texnik qoidalarni buzish va h.k.) sababli qo‘llanishi mumkin. Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko‘ra quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

- Xayfsan.

- O‘rtacha ish haqining 30 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;

- Mehnat shartnomasini MKning 100-moddasi 2-qismi 3 va 4-bandlari asosida bekor qilish.

Yuqorida ko‘rsatilgan intizomiy jazo choralaridan boshqa jazo chorasini qo‘llash mumkin emas. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashdan avval xodimdan tushuntirish xati olish lozim. Xodim tushuntirish xati yozishdan bosh tortsa, bu haqda, imkon darajasida xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzib, xolislarga imzolatish lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

Intizomiy jazo turini tanlashda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning og‘irlik darajasi, yetkazilgan zarar, sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori kabilar eʼtiborga olinishi, jazo adolatli bo‘lishi lozim. Intizomiy jazo buyruq bilan rasmiylashtiriladi, unda xodimning sodir etgan nojo‘ya xatti-harakati ko‘rsatilib, buning uchun qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining turi ko‘rsatiladi, buyruq albatta xodimga tanishtirilib, imzo chektirib qo‘yilishi shart.

Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangan kundan boshlab bir oy ichida qo‘llanilishi mumkin, xodim kasal va taʼtilda bo‘lgan davr hisobga kirmasdan shu vaqtga uzaytiriladi, biroq, sodir etilgan kundan 6 oy muddat o‘tgach, intizomiy chorani qo‘llashning muddati o‘tib ketadi va jazo qo‘llab bo‘lmaydi. Nojo‘ya xatti-harakat muassasaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijasida aniqlanganda, sodir etilganidan ikki yilgacha intizomiy jazo qo‘llashga qonunchilikda ruxsat beriladi.

Intizomiy jazoning amal qilish muddati bir yil bo‘lib, shu muddat davomida intizomiy chora olgan xodimga rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Intizomiy jazo chorasi muassasa rahbarining buyrug‘i bilan shu muddat tugamasdan olib tashlanishi mumkin.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov