Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mehnat ta’tilidan chaqirib olish qoidalari haqida


Mehnat ta’tilidan chaqirib olish qoidalari haqida

Mehnat Kodeksining 147-moddasiga ko‘ra, taʼtildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi, Mehnat Kodeksining143-moddasining tegishli qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining taʼtiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

Asosiy talab bu yerda xodim rozi bo‘lsagina taʼtildan chaqirib olish mumkin. Xodim ish beruvchining taʼtil tugamasidan ishga chiqish haqidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bosh tortish xolatlari bo‘lganda buni mehnat intizomini buzgan deb xisoblaydi. Qonuniy tarafdan olganda bu jarayonni mexnat intizomini buzish deb baholab bo‘lmaydi.

Taʼtildan chaqirib olishning keyingi talablari Mehnat Kodeksining
143-moddasida nazarda tutilgan. Unga ko‘ra taʼtil har yili, shu taʼtil berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.

Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda taʼtilni to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan taʼtilning 12 ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmog‘i lozim va zarur.Bu norma xam xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida kelishmovchilikka olib keladi

Masalan: xodimning mehnat taʼtili davomiyligi 24 ish kuni. 7 ish kunidan keyin raxbar xodimni uning roziligi bilan mehnat taʼtilidan chaqirib oldi, taʼtilning qolgan 17 kuni esa keyingi ish yiliga ko‘chirildi. Xodim rozilik beradimi yoki bermaydimi bu vaziyatda mehnat qonunchiligining yaqqol buzilgani ko‘rinib turibdi, Sabab mehnat taʼtilining 12 ish kuniga teng qismidan albatta joriy yilda foydalanilishi shart.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov