Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Subsidiya asosida uy-joy olish


Subsidiya asosida uy-joy olish

Subsidiya asosida uy-joy olish uchun DXM ga ariza topshirgan bo‘lsangiz, yetarli ball to‘play olishingiz kerak. Vazirlar Maxkamasining "Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 36-bandida, arizachi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinadi deb ko‘rsatilib qo‘yilgan

Yaʼni siz Davlat xizmatlari markazlariga subsidiya asosida uy-joy olish uchun murojaat qilganingizda sizni oilaviy ahvolingiz bir nechta tashkilotlardan tuzilgan komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va baholanadi.

????Tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchining oilaviy sog‘lik holatini;

????Ichki ishlar bo‘limi — ariza beruvchining qanday oilada ro‘yxatda turishini;

????Moliya bo‘limi — subsidiyaga ajratilgan mablag‘larning mavjudligini;

????Davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining daromadlarini;

????Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi — ariza beruvchining ishlash ishlamasligi bo‘yicha;

????Kadastr idoralari — ariza beruvchini uy-joylari to‘g‘risida;

????Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari — Oilaning ijtimoiy ahvoli;

????Yoshlar ishlari agentligining bo‘limi — ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini;

????Tuman hokimligi — ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligini;

????Tijorat banki — ariza beruvchining oilaviy kredit masalalarini o‘rganadi.

Mana shu tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa mezonlar bo‘yicha oilaviy holati o‘rganib chiqilib, har bir tashkilot tomonidan arizachiga ball beriladi. Sizni to‘plagan ballaringizni yig‘indisi 30 va undan yuqori bo‘lsa demak siz bo‘liminni arizachi xisoblanasiz va talabgor sifatida tan olinasiz.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh        yuristkonsulti:     F.R.Mamatov