Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Er-xotinning bir-biriga ta’minot berish majburiyatlari


Er-xotinning bir-biriga ta’minot berish majburiyatlari

 

Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan e’tiboran uch yil davomida, o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan o‘rtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan er (xotin) yordam berishga qodir bo‘lgan xotindan (erdan) sud tartibida ta’minot (aliment) olish huquqiga ega.

Etarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan:

sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida; o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er); nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er); nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir. Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin. Er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e’tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Sud quyidagi hollarda:

agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo‘lgan bo‘lsa; agar o‘z ta’minoti uchun mablag‘ to‘lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo‘lsa; agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyovandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin.

Ohangaron shahar Adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                     O.Annakulov