Янгиликлар
Farzandlikka olish
Farzandlikka olish
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.
Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno: ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
Ohangaron shahar Adliya
bo`limi boshlig’i R.Xamrayev