Янгиликлар
Farzandlikka olishni sir saqlash
Farzandlikka olishni sir saqlash
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota-onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi. Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga hilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari; farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs; aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar; o‘gay ota va o‘gay ona; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
O‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.
Ohangaron shahar Adliya
bo`limi boshlig’i R.Xamrayev