Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tishi


Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tishi

 

Sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi. Nikohlanuvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Nikohlanuvchi shaxslar FHDY organlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sog‘liqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga (keyingi o‘rinlarda matnda — tibbiyot muassasalari) yuboriladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun berilgan yo‘llanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etiladi. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi.

Nikohlanuvchi shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, ya’ni kardiolog, endokrinolog, revmatolog, urolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi hamda qo‘shimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi. Nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko‘rik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat bo‘lganda, ularning o‘zaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak. Ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda ko‘rikdan o‘tayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar hamda tekshirish natijalari to‘liq hajmda aks ettiriladi. Agar nikohlanuvchi shaxs o‘z xizmati yoki ishi turiga ko‘ra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan bo‘lsa, u mazkur muassasada ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                       O.Annakulov