Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari


Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari

 

Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi: Oila Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda; soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda; nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa. Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi.

Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir. Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yetgan bo‘lsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufayli nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda ko‘rilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

 

Ohangaron shahar Adliya

bo`limi boshlig`i                                                                      R.Xamrayev