Янгиликлар
Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas. Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas. Ota-ona va bolalarning ular o‘rtasidagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi. Voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak. Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonunchiligida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin. Ota-ona va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ohangaron shahar Adliya
bo`limi bosh maslahatchisi O.Annakulov