Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta’minot berish majburiyati


Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta’minot berish majburiyati

 

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi. Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo‘shimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin. Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida ota (ona) deb yozilgan shaxsdan aliment undirish to‘g‘risidagi nizo uzil-kesil hal etilgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha undan ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin. Agar sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.

 

Ohangaron shahar Adliya

bo`limi boshlig`i                                                                    R.Xamrayev