Янгиликлар
Tadbirkorlarning eksport faoliyati qoʻllab-quvvatlanadi
Tadbirkorlarning eksport faoliyati qoʻllab-quvvatlanadi
“Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–268-son, 21.12.2022-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar belgilandi:
???? eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida soʻndirib kelayotgan tadbirkorlarga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi;
???? 2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi yetakchi masalahatchisi B.Fozilbekov