Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Dorilar reklamasi mutaxassislar maslahatini olish kerakligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi lozim


Dorilar reklamasi mutaxassislar maslahatini olish kerakligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi lozim

 

    Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi:

- dori vositasini nojoʻya taʼsirlar mavjud emasligi jihatidan noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etmasligi;

- dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga olib kelmasligi;

- dori vositasi ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiyena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini taʼkidlamasligi;

- reklama taʼsirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan notoʻgʻri taqqoslashlarga yoʻl qoʻymasligi;

- mazkur dori vositasining taʼsiri kafolatlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni oʻz ichiga olmasligi;

- inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.

       Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qoʻllashga va ulardan foydalanishga qarshi koʻrsatmalar mavjudligi, qoʻllashga doir yoʻriqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.

 

Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi Sh.Abduvaliyev