Янгиликлар
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
"Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashi tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi boʻlimlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi tugatildi.
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.
Shunga koʻra, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
- Tabiat resurslari vazirligi;
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
- Suv xoʻjaligi vazirligi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Transport vazirligi;
- Madaniyat va turizm vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Sogʻliqni saqlash vazirligi;
- Tashqi ishlar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi B.Jumaboyev