Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantiriladi


Respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantiriladi

“Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–447-son, 21.12.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari masʼuliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi boʻgʻinlarning funksional chegaralari belgilandi.

2023-yil 1-yanvardan:

????respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;

????uyushma va boshqa xoʻjalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.

Barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan oʻtkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantirilib, doimiy yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Funksiyalar yagona reyestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov