Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra, 1995-yil 12-avgust kuni Bekobod tumanida tugʻilgan OIA jamiyat uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi takroran oʻgʻirlik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni quyidagi holatda qasddan sodir etishda fosh etiladi.

Jumladan, u Bekobod tumani da yashab kelib, 2022-yil 08-avgust kuni soat taxminan 12:50larda oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Bekobod tuman Zafar shaharchasida joylashgan “Amir Xamza” joʼme masjidiga kirib, ushbu masjidning taxoratxonasi devoriga sochiq qoʻyish uchun oʻrnatilgan taxmon ustida keyinchalik olishi uchun qoldirilgan, Bekobod tumanida yashovchi 2004 yilda tugʻilgan MRTga tegishli bir dona bahosi 1.300.000 soʻmlik “SAMSUNG A02” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu telefon apparatini oʻzining yashash xonadoniga olib borib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanib kelgan.

OIA oʻzining oʻgʻirlik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda, talon-taroj qilishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.

Bundan tashqari, OIA oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib,
2022-yil 22-avgust kuni soat taxminan 17:30larda takroran, oʻzganing                       mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Bekobod tuman Zafar shaharchasida joylashgan “Amir Xamza” joʼme masjidiga kirib, ushbu masjidning taxoratxonasi devoriga sochiq qoʻyish uchun oʻrnatilgan taxmon ustida keyinchalik olishi uchun qoldirilgan, Bekobod tumanida yashovchi 07.021.2001-yilda tugʻilgan IFMga tegishli bahosi 3.000.000 soʻm boʻlgan “SAMSUNG NOTE
10 5G” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu telefon apparatini oʻzining yashash xonadoniga olib borib, shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanmoqchi boʻlgan, lekin ushbu telefon apparatiga oʻrnatilgan himoya vositasi (parol) ni ocha olmaganligi sababli 2022-yil 23-avgust kuni “Amir Xamza” joʼme masjidining imom minbari ustiga tashlab ketgan.

Shunday qilib, OIA oʻzining takroran oʻgʻirlik, yaʼni oʻzganing
mol-mulkini yashirin ravishda, talon-taroj qilishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi
“a” bandida koʻrsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2022-yil 26-oktyabr kunidagi xukmiga koʻra, OIA Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi
3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich


 

 

Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 1966 yil tugʻilgan MSF, foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, muqaddam 02.11.2020-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudi tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi,
276-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlanib, 15.10.2021-yilda JIB Bekobod tumani sudi tomonidan JKning 73-moddasiga asosan 1 yil 7 oy 4 kun muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan boʻlsada, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shugʻullanmasdan jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar turkumiga kiruvchi, yaʼni ilgari giyoxvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab, koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda oʻtkazish, shuningdek giyovandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, ozginadan koʻproq miqdorda qonunga xilof ravishda, saqlash, egallashda ifodalangan jinoyatlarini qasddan sodir etgan.

Jumladan, u Bekobod tumanida yashab kelishi davrida, jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, oson moʻmaygina daromad orttirishni koʻzlab, oʻzining yashash xonadoni yotoqxonasidagi mavjud koʻrpalar orasida, keyinchalik oʻz isteʼmoli uchun saqlab kelayotgan “marixuana” giyoxvandlik vositasini 2022-yilning
27-fevral kuni 10:00 larda oʻziga oldindan tanish boʻlgan maxalladoshi Bekobod tumanda yashovchi 1967-yilda tugʻilgan SHUSga oʻz yashash xonadoni oldida 5 dona gugurt qutisiga joylashtirilib qadoqlangan “marixuana” giyoxvandlik vositasini xar birini 150.000 soʻmdan baholab jami 750.000 soʻmga sotib yuborgan. Oʻz navbatida, SHUS undan qabul qilib olgan 5 dona gugurt qutisiga joylashtirilib qadoqlangan “marixuana” giyoxvandlik vositasini oʻziga avvaldan tanish boʻlgan maxalladoshi Bekobod tumanda roʻyhatda turib, Toshkent shaxar Yashnobod tumanda yashab keluvchi 1973-yilda tugʻilgan KBAga 1.250.000 soʻmga sotgan. Shundan soʻng KBA “marixuana” giyoxvandlik vositasini oʻziga oldindan tanish boʻlgan Bekobod tumanida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan nazoratchi xaridor MMAga 1750 000 soʻmga sotayotgan vaqtida, Bekobod tumani IIB hodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Bundan tashqari u oʻzining yashash xonadoni yotoqxonasidagi mavjud koʻrpalar orasida, keyinchalik oʻz isteʼmoli uchun saqlab kelayotgan “marixuana” giyoxvandlik vositasini 2022-yilning 27-fevral kuni 10:00 larda oʻziga oldindan tanish boʻlgan maxalladoshi Bekobod tumanda yashovchi 1967-yilda tugʻilgan SHUSga oʻz yashash xonadoni oldida katak daftar varagʻi parchasiga oʻralib qadoqlangan och yashil rangli, oʻtkir xidli, maydalangan va quruq xolatda boʻlgan oʻsimliksimon vosita tarkibida tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi mavjud boʻlgan nasha oʻsimligining quruq xolatdagi maydalangan barglari va gulkosachabarglarini SHUSning isteʼmoli uchun oʻtkazib yuborgan. Oʻz navbatida, SHUS undan qabul qilib olgan katak daftar varagʻi parchasiga oʻralib qadoqlangan “marixuana” giyoxvandlik vositasidan bir qismini oʻzida olib qolib, qolgan qismini esa oʻziga avvaldan tanish boʻlgan maxalladoshi Bekobod tumanida roʻyhatda turib, Toshkent shaxar Yashnobod tumanda yashab keluvchi 1973-yilda tugʻilgan KBAga isteʼmoli uchun bergan vaqtida, Bekobod tumani IIB hodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining xukmiga koʻra, MSF Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi katta leytenant Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich