Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI


AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Ma’lumki, har bir davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosida “davlat chegaralari” degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Butun jahon o‘rgimchak to‘ri ta’sirida bugungi kunda ahborot makoni va jabhalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ayrim mamlakatlarda bu sohada qilinayotgan islohot va rivojlanish jadal tus olmoqda.

Butun olam kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda. Hududiy joylashishidan qat’i nazar, kundalik hayotimizga turli xildagi axborotlar internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi va takomillashib bormoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Mamalakatlar o‘zlarining axborot xavfsizligi va kiber hujumlarga qarshi tura olishlari uchun bugungi kunda bu sohani huquqiy jihatdan tartibga solib, o‘zlarining axborot xavfsizligiga zamin yaratmoqda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati esa axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga va takomillashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari davlat siyosatida axborot va uning himoyasi ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash deyilganda, axborotdan foydalanuvchilarning axborotlarni ximoya qilishga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarishi tushuniladi. Axborot xavfsizligini ta’minlash axborot tizimlariga zarar keltiruvchi turli ta’sirlardan ximoyalanganlikni oshiradi. Fuqarolar va davlatning shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarini aynan shu sohani huquqiy tartibga solish orqaligina erishish mumkin.

Mamlakatimizda axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning asosiy manbai bu O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi hisoblanadi. Davlat va jamiyat hayotining eng muhim va istiqbolga mo’ljallangan reja va oliy maqsadlari ham aynan asosiy qonunda belgilab qo’yiladi. Jumladan, axborot va u bilan bog’liq munosabatlar ham asosiy qonunimizning “Shaxsiy huquq va erkinliklar” bobida belgilab qo’yilgan. Qolgan barcha axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari asosiy qonunimiz bo’lmish Konstitutsiyamiz asosida va unda belgilab qo’yilgan normalarni mustaxkamlash uchun qabul qilingan. Davlat va jamiyatning eng muhim jabhalarini dastlabki tarzda tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanmish konstitutsiyamizning ko‘plab normalarida ham aynan axborot havfsizligining huquqiy jihatdan daslabki tarzda tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin.

Jumladan, konstitutsiyamizning 27, 29, 67moddalaridagi normalar mamlakatimizdagi axborot sohasiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki bosh huquqiy manba, asos hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 67-moddasini, ya’ni “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb mustaxkamlangan normada ham axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normani ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu norma orqali mamlakatimizda axborot bilan uzviy ravishda faoliyat olib boruvchi soha vakillarining va sektorlarning o‘zlari yig‘ayotgan, tarqatayotgan axborotlarining ishonchliligi va asoslanganligi, axborot va unga qo‘yilgan talab va me’yorlarga rioya qilinganligi uchun bevosita ma’suldirlar. Ya’ni uzatilayotgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelishligi va chinligi uchun ommaviy axborot vositalari bevosita javobgardirlar. Bundan tashqari konstitutsiyamizning 27 va 29-moddalaridagi quyidagi normalar ham axborot xavfsizligini bevosita ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy norma hisoblanadi: “Xech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibidan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”, bu konstitutsiyaviy normada ham axborotning xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning axborot sohasidagi xavfsizligini ximoya qiluvchi norma mustaxkamlangan.

Yuqoridagi normalarning buzilishi oqibatlari esa belgilangan tartibda javobgarlik keltirib chiqaradi. Konstitutsiyamizdagi 29-moddada ham aynan shu munosabatlarning huquqiy tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin. “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Xar kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan ahborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklovlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin” .

O.Nishonov