Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qanaqa holatda fuqaro bedarak yo`qolgan deb topiladi?


Qanaqa holatda fuqaro bedarak yo`qolgan deb topiladi?

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko`ra, fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi. (Fuqarolik kodeksi, 33- modda.)

Javlonbek Turaev