Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs nima qilishi kerak?


Yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs nima qilishi kerak?

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko`ra, yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo‘lgan o‘zga ma’lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.

Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs noma’lum bo‘lsa yoki uning manzili ma’lum bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart. Ashyoni topib olgan shaxs uni o‘zida saqlab turishga yoki saqlash uchun ichki ishlar organi, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoxud ular ko‘rsatgan shaxsga topshirishga haqlidir.

Agar yo‘qolgan ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ushbu ashyoga bo‘lgan o‘z huquqi to‘g‘risida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.( Fuqarolik Kodeksi, 192-193-moddalari.)

                Javlonbek Turaev