Янгиликлар
Merosxo`r kim va kimlar bo`la oladi.
Merosxo`r kim va kimlar bo`la oladi.
Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga asosan Qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislar keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra, Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Oila kodeksining 23-moddasiga asosan Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Ya’ni bu uy ota va onaning teng mulki hisoblanadi. Ular vafot etgandan so‘ng uy merosxo‘rlar orasida teng taqsimlanadi.
Bundan kelib chiqadiki ota-onaning farzandlari bir vaqtda teng merosxo`r bo`ladilar. Bu shuni anglatadiki o`gay onaning farzadlari ham merosxo`r bo`la oladi.
Ibragimov Alim