Янгиликлар
Mehnat huquqlarini sud orqali himoya qilish
Mehnat huquqlarini sud orqali himoya qilish
Mehnat huquqlaringiz buzildimi vaqtni o‘tkazmay sudga murojaat qilishni xarakatini qiling sababi mehnat qonunchiligida sudga murojdaat qilishning da’vo muddatlari juda qisqa.
Mehnat kodeksining 270-moddasida mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra,
Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
- ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
- xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
- boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Shuni unitmaslik lozimki xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Parxatov Mardonbek
O`rta Chirchiq tuman adliya bo`limi
bosh yuriskosulti