Янгиликлар
Mehnat huquqi kafolotlari.
Mehnat huquqi kafolotlari.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasi birinchi qismiga ko‘ra basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi:
➖ xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
➖ texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi;
➖ xodim bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra noloyiqligi;
➖ shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi munosabati bilan bekor qilinsa, xodimlarning ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga saqlanib qoladi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o‘zgarganligi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterga nisbatan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi bo‘lmaganda esa — bosh buxgalter vazifalarini bajaruvchi xodimga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Demak, korxona tugatilsa yoki yuqoridagi boshqa holatlarda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organi (bandlik markazi)ga ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, xodim mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ibragimov Alim