Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat qonunchiligida yosh bolali ayollarga qanday kafolatlar belgilangan?


Mehnat qonunchiligida yosh bolali ayollarga qanday kafolatlar belgilangan?

Ushbu savolga javob berish uchun savolni ikki qismga ajratib olishimiz kerak bo‘ladi: 2 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolatlar va 3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolatlar.

2 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar quyidagilar:

2 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo`lmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga to`lgunga qadar avvalgi ishidagi o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda engilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo`lgan ishga o`tkaziladi (МК 227-moddasi).

Homiladorlik va tug`ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko`ra, unga bolasi ikki yoshga to`lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to`lanadi. Bola parvarishi bo`yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’iy nazar har oyda: mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to`lanadi. 2022 yil 1 iyundan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so`mni tashqil qiladi. Diqqat, bu nafaqa byudjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga to`lanmaydi (МК 234-moddasi).

2 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo`shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo`lmagan muddat bilan beriladi. 2 yoshga to`lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo`lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi (МК 236-moddasi).

3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:

2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga ularning xohishiga ko`ra, har yili 14 kalendar kundan kam bo`lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi (МК 150-moddasi).

Homilador ayollar, 3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (МК 84-moddasi).

3 yoshga to`lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi (MK 228-1-modda).

Ayolga, uning xohishiga ko`ra, bolasi 3 yoshga to`lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo`shimcha ta’til ham beriladi (MK 234-modda).

Homilador ayollar va 3 yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi (MK 237-modda).