Янгиликлар
Soatbay asosda olgan ish haqingiz ham sizga derket pulini hisoblashda qoʼshilishi kerak.
Soatbay asosda olgan ish haqingiz ham sizga derket pulini hisoblashda qoʼshilishi kerak.
“Davlat ijtimoiy sugʼurtasi boʼyicha nafaqalar tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi nizomning (roʼyxat raqami: 1136, 08.05.2002-y.) – 48-bandiga koʼra homiladorlik va tugʼish boʼyicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi. Bunda nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sugʼurta badallari undirilib toʼlanadigan jami ish haqi toʼlovlari kiradi.
Eʼtibor bering! Nizomning 52-bandida nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda toʼlanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti boʼyicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt boʼyicha ish haqiga qoʼshilishi belgilangan.
Yaʼni siz dekretga chiqishingizdan avvalgi 12 oylik davrda siz ishlayotgan korxonangizdan qanday toʼlovlarni olgan boʼlsangiz ularning barchasi, shu jumladan soatbay asosda olingan ish haqi ham sizga dekret pulini hisoblashda inobatga olinadi.
Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti F.R.Mamatov