Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

FIRIBGАRLАR UCHUN QАNDАY JАZO BELGILАNGАN?


FIRIBGАRLАR UCHUN QАNDАY JАZO BELGILАNGАN?

 

Firibgarlik – bu oʼzganing mulkini yoki mulkga boʼlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritishdir.

Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, Jinoyat kodeksiga koʼra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʼmdan 30 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʼirlashishi mumkin.

Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʼlsa:

BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln soʼmdan 90 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan boʼlsa:

BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln soʼmdan 120 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʼzlab sodir etilgan boʼlsa:

BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln soʼmdan 180 mln soʼmgacha) miqdorda jarima;

8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etkazilgan moddiy zararning oʼrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

 

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti                               F.R.Mamatov