Янгиликлар
HAYFSAN OLGAN OʼQITUVCHINING USTAMA OLISHI
HAYFSAN OLGAN OʼQITUVCHINING USTAMA OLISHI
Hayfsan olgan oʼqituvchi bemalol ustama oladi. Unga oʼzi ergan natijalarga qarab ustama toʼlanadi. Buni quyidagicha asoslaymiz.
Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2019yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 20-bandiga koʼra psixolog lavozimi uchun bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda oʼquvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va oʼquv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy oʼrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʼnikmalar toʼliq hajmining oʼquvchilar tomonidan oʼzlashtirib olinishi darajasiga va oʼquv jarayoniga qoʼshilgan aniq hissa, oʼqitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi. Demak, ustama oʼqituvchining oʼzi erishgan natijalari asosida ustama oladi.
Ikkinchidan, hayfsan berilishining ustamaga aloqasi yoʼq. Chunki Mehnat kodeksi 180-moddasi toʼrtinchi qismida Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʼbatlantirish choralari qoʼllanilmasligi qayd etilgan. Biroq moddaning uchinchi qismiga koʼra ish haqi, mukofotlar, qoʼshimcha toʼlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʼlovlar ragʼbatlantirish turlariga kirmaydi. Shunday ekan hayfsan olgan xodim ustama olishga haqli.
Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti F.R.Mamatov