Янгиликлар
MAMURIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA.
MAMURIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son «Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish bo‘yicha taklifi ma'qullandi.
Endilikda Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi 21 ta vazirliklar tashkil etishi belgilandi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
Suv xo‘jaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bekobod shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i X.Bibayev