Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

TUMAN VA SHAHARLARNING TOIFALARIGA KO‘RA TADBIRKORLARGA IMTIYOZLAR BELGILANADI.


TUMAN VA SHAHARLARNING TOIFALARIGA KO‘RA TADBIRKORLARGA IMTIYOZLAR BELGILANADI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan   2023 yil 1 yanvardan boshlab farmon 1-ilovasiga muvofiq respublika tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratildi;

tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub'ektlariga soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ularni qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralarini qo‘llash tartibini joriy etish belgilandi.

2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etildi:

a) 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub'ektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno):

foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;

b) 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat'iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi;

v) 4-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub'ektlari (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) uchun aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi 3 foiz etib belgilanadi. Bunda, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mazkur soliq bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolinadi;

g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga 4-toifadagi tumanlar bo‘yicha:

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.

 

Bekobod shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                  X.Bibayev