Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Oʻzbekiston respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:


Oʻzbekiston respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan soliq toʻlovchi olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti va sovgʻalar;

2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;

3) olingan alimentlar;

4) fuqarolar tomonidan olinadigan sugʻurta tovoni summalari;

5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda toʻlanadigan stipendiyalar;

6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;

7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno;

8) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari, ular boʻyicha foizli daromadlar, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari.

9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari;

10) Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar.

 

 

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi                                                                    B.Joʻrayev