Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash


Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Maxkamasining
21.06.2022-yildagi “Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, nogiron yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

oʻqish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini oʻqitish toʻgʻrisida shartnomaning elektron nusxasi;

yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.

Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqilib:

subsidiya ajratish haqida elektron tizimga maʼlumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;

nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid maʼlumotlar sir saqlanadi.

 

 

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi                                                                    B.Joʻrayev