Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi
PF-6181-son “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 30.09.2022-yilda roʻyxatdan oʻtgan “Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shakliga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
3027-1-sonli buyrugʻi chiqarildi.
Mazkur buyruqqa muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etishi belgilangan.
Ushbu buyruq 2023-yil 1-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi B.Joʻrayev