Янгиликлар
Xodimga ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun ish haqi hisoblash tartibi?
Xodimga ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun ish haqi hisoblash tartibi?
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilingan.
Mehnat kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq to‘lash tartibi belgilangan bo`lib, ushbu moddaga muvofiq xodimga ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.
Ohangaron tumani adliya
bo`limi bosh maslahatchisi A.Xakimov