Янгиликлар
Voyaga yetmaganlarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi?
Voyaga yetmaganlarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi?
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga asosan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish” qoidalari belgilangan.
Mazkur Qoidaning 39-bandida: Internet-kafelarda voyaga yetmaganlarning ota-onasidan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs hamrohisiz tungi vaqt (soat 22:00 dan 6:00 gacha) Internet tarmog‘idan foydalanish uchun jamoat foydalanish joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda videokuzatuv kameralarini qo‘llab (video yozuvni 90 kun saqlagan holda), tashrif buyuruvchilar xavfsizligi choralari ko‘rilishi kerak, - deb belgilab qo`yilgan.
Shuningdek, Qoidalarning 242-bandida: O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza berishi mumkin, - deb ko`rsatib o`tilgan.
Biroq, voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bo‘lmagan hollar ularning arizalari qabul qilinmaydi.
Ohangaron tumani adliya
bo`limi bosh maslahatchisi A.Xakimov