Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qachon yengil avtomobillarda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi?


Qachon yengil avtomobillarda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi?

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, 1968-yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorga muvofiq, yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Shuningdek, ushbu Qarorning 162-bandiga ko`ra, quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi:

agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa;

transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;

tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan ishoralarni ko‘rishini to‘smasa;

avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa;

shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof muhitni iflos qilmasa;

yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan
0,5 metrdan oshmasa.

Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi harakatlanishni to‘xtatishi shart.

 

 

Ohangaron tumani adliya
bo`limi bosh
maslahatchisi                                                             A.Xakimov