Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi


Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi

 

Oʻzbekiston Respublikasining referendumi (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch oy davomida referendum oʻtkazilmaydi.

Referendum natijalari rasman eʼlon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki maʼnosiga koʻra xuddi shunday savol qoʻyilgan referendum oʻtkazilmaydi.

Referendum fuqarolarning oʻz xohish-irodasini umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga taʼsir koʻrsatishga hech kim haqli emas. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir fuqaro bir ovozga ega boʻladi. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi. Fuqarolarning oʻz xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etadilar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.

 

 

 

 

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi                                                                    B.Joʻrayev