Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar


2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar

2023-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022-yildagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi 270-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonning 1-bandiga koʻra, 2023-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar — dushanba, 30-iyun — juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — dushanba, 22-mart — chorshanba, 24-aprel — dushanba, 1-iyul — shanba, 2-sentyabr — shanba, 30-dekabr — shanba.

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi OʻRQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr — dushanba kuniga koʻchirilishi belgilangan.

2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda:

7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;

11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;

25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga;

29-aprel — shanba kunidan 24-aprel — dushanba kuniga koʻchirilishi belgilab qoʻyilgan.

 

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi                                                                    B.Joʻrayev