Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Gimnastikaga ilk qadam


Gimnastikaga ilk qadam

Aholi oʻrtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022-yildagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 449-sonli qarori qabul qilingan boʻlib, gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan.

Mazkur Qarorning 2-bandiga muvofiq, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi;

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan, gimnastika sport turlari boʻyicha sport maktabining boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan dastur asosida “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

a) “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi doirasida:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastikani ommalashtirish va keng targʻib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish;

tarbiyalanuvchilar organizmini fiziologik rivojlantirish boʻyicha mutaxassis — shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan sport koʻnikmalariga tayyorlash;

bolalarda gimnastika bilan shugʻullanishga kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirishga katta eʼtibor qaratiladi;

b) “Bolalar uchun gimnastika” dasturi doirasida:

gimnastika bilan shugʻullanish istagi yuqori boʻlgan oʻquvchilarga ega hamda sport zallari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari belgilab olinadi;

tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida gimnastika sport turlari boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarida mashgʻulotlar maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi;

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida gimnastika zallarini tashkil etish, mavjud gimnastika infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash uchun investitsiya va grantlar jalb qilinadi;

yoshlar oʻrtasida gimnastika sport turlarini keng targʻib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, gimnastika boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi, - deb belgilab qoʻyilgan.

 

 

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi                                                                    B.Joʻrayev