Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi


Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvar “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotlar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 18-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to’g’risida ma’lumotnoma berish bo’yicha davlat xizmati ko’rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Reglamentga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat xizmatini ko’rsatuvchi subyekt hisoblanadi. Murojaatlar Davlat xizmatlari markaz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (YIDXP)– my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanadi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2,0 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Ariza real vaqt rejimida ko’rib chiqiladi.

 

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi M.Abdraimov