Янгиликлар
APOSTIL HAQIDA
APOSTIL HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo`lib bugungi kunda:
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga;
Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Murojaatlar davlat xizmatlari markazlari, YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20% miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90% undiriladi. Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi. Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Angren shahar Adliya bo`limiga
qarashli Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi III-darajali yurist
Nazarova Nargiza Kadambayevna.