Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Imtiyoz, imkoniyat va qulayliklarga ega xizmatlar


Imtiyoz, imkoniyat va qulayliklarga ega xizmatlar

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirilgan.

Qanday imtiyozlar beriladi?

Davlat tomonidan yiliga 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga:

- kasbga o‘qitish xarajatlarini qoplash;

- o‘qish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash;

- asbob-uskunalar va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya ajratiladi.

Subsidiya miqdori:

nogironligi bo‘lgan har bir yosh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha.

Qulayligi nimada?

Talabgor ushbu imtiyozdan foydalanish uchun hech qayerga bormaydi. My.gov.uz orqali masofadan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuboradi. Subsidiya ajratilishi bo‘yicha xabarnoma ham belgilangan muddatda onlayn taqdim etiladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar...

Istalgan xorijiy til yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha, shuningdek, kasbga o‘rgatish hamda IT yo‘nalishidagi o‘quv kurslari to‘lovlari uchun ham subsidiya olish mumkin.

 

         ANGREN SHAHAR DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI YETAKCHI MUTAXASSISI SAIDOV BEKZOD